Sayt beta-versiyada.

Jamiyat Boshqaruvi raisi S.Otamuratov Xitoy Xalq Respublikasida bo’ldi. Bundan ko’zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4412-sonli Qarori ijrosini izchil davom ettirish orqali, “O‘zagrosug’urta” AJning faoliyat ko’lamini yanada kengaytirish, ishonchli va umumiy manfaatlarimizga mos hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo’yish vazifalarni belgilab olishdir.

Mazkur tashrif davomida qit’amizda eng yetakchi hisoblangan Xitoy Xalq sug’urta kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolangan bo’lsa, kuni kecha mamlakatning eng yirik qurilish-montaj korporatsiyasi “Anhui shuian construction group Co. Ltd” kompaniyasi hamda “Ozagrosug’urta” AJ o’rtasida Kelishuv bitimi tuzildi.

Ushbu kompaniya Xitoyning yirik qurilish-montaj korporatsiyasi bo’lib, hozirgi kunda ulkan kompleks qo’shma korxonaga aylangan. Kompaniyaning asosiy faoliyat yo’nalishi tijorat investitsiyalariga qo’shilish va qurilish ishlari, ko’chmas mulkni rivojlantirish, mehmonxona biznesi, shuningdek xalqaro ishlab chiqarish hisoblanadi. Ustav kapitali qariyb 45 million dollar bo’lib, umumiy aktivlari qiymati 700 million AQSH dollaridan oshadi.

  • “O‘zagrosug’urta” AJ,
  • Ахborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
524

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
520

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
461