Sayt beta-versiyada.

Boshqaruv raisi S.Otamuratov Pekin shahrida Xitoy Xalq sug’urta kompaniyasi vitsa-prezidenti Shen Dong o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o’rnatish uchun mavjud imkoniyatlar muhokama etildi. 
Ta’kidlash joizki, muzokaralar davomida investitsiya, qayta sug’urtalash va kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi. Uchrashuv yakunida Hamkorlik va qayta sug’urta sohasidagi Memorandum imzolandi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “O’zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4412-sonli Qarorini ijrosi doirasida Jamiyat tomonidan xalqaro hamkorlikka  e’tibor qaratilmoqda. 
Dunyoning ko’plab nufuzli sug’urta tashkilotlari vakillari bilan Toshkentda hamkorlik yuzasidan uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Shuningdek, shu yilning 6-9 noyabr kunlari Toshkentda Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya, Germaniya, Xitoy, Ukraina davlatlaridan kelgan sug’urta sohasining yetakchi ekspertlari ishtirokida “Zamonaviy O’zbekiston sug’urta bozori” nomli xalqaro konferentsiya ham shular jumlasidandir. Buning samarasi o’laroq, bir qator rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi.


Ma’lumki, Xitoy Xalq sug’urta kompaniyasi qit’amizdagi eng obro’li va uzoq vaqtdan beri faoliyat yuritayotgan sug’urta kompaniyasidir. Uning yillik sug’urta mukofotlari tushumi 388 millliard yuan (57 milliard AQSH dollari) bo’lib, nufuzi jihatdan dunyoda 3-o’rinda turadi.
Ushbu hamkorlik Memorandumi imzolanishiga qadar, joriy yilning 13 noyabr kuni "O’zagrosug’urta" AJ Boshqaruvi raisi Xitoy Xalq sug’urta kompaniyasi Bosh menejeri He Van Lun xonim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi.

"O’zagrosug’urta" AJ
Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
524

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
520

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
461