Sayt beta-versiyada.

Bosh qomusimizning qabul qilinganligi munosabati bilan Andijon viloyatida kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.
Yolg’iz, boquvchisini yо‘qotgan, nogironligi bо‘lgan va moddiy imkoniyati cheklangan xonadonlarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi. 
— Bugun aksariyat andijonliklar “O‘zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati xizmatidan foydalanishni afzal kо‘rishmoqda. Odamlarning viloyatda sug’urta tо‘g’risidagi bilim va kо‘nikmalari yetarli bо‘lmasligi mumkin, biroq ushbu xizmat turiga nisbatan ishonchi tobora rivojlanayotgani turgan gap. Zero, ezgu niyat bilan boshlangan ish xayrli bо‘ladi, — deydi fillial boshqaruchisi O.Botirov.
Xayriya tadbiri davomida kam ta’minlangan oilalarga kartoshka, piyoz, sabzi, о‘simlik yog’i, non, shirinlik va boshqa mahsulotlar ulashildi.
Joriy yilning о‘tgan davri mobaynida viloyatda 1,5 mingdan ortiq kishi bilan sug’urta hodisasi sodir bо‘ldi. Ularga kompaniya tomonidan qariyb 2 milliard sо‘mdan ortiq sug’urta tovonlari tо‘landi. 
Shundan, 127 nafari fermer xо‘jaliklari bо‘lib, ekin hosili sug’urtasi bо‘yicha tо‘langan mablag’ 717,4 million sо‘mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi uchun 5 ta jabrlanuvchiga 343,5 million sо‘m, Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi bо‘yicha 65 ta fuqaroga sal kam 220 million sо‘m, boshqa sug’urta turlari bо‘yicha deyarli 700 million sо‘mlik kо‘rilgan zarar qoplab berildi.  
Masalan, Jalaquduq tumanida joylashgan “Nurmat” fermer xо‘jaligiga 2014 yil 26 maydagi 17-sonli “Lizinga olinayotgan mulklarni sug’urta qilish” shartnomasiga kо‘ra “Dominator-130” kombayniga yetkazilgan zarar uchun 111 million sо‘m atrofida sug’urta qoplamasi tо‘landi. 
Baliqchilik Yuldashev Ismoiljonga transport vositasi zararlanishi bо‘yicha 14 million sо‘m, Izboskan tumani massivi hududida joylashgan “Aslbek kelajagi ishonchi” fermer xо‘jaligining “Paxta kam hosilligini sug’urta qilish” shartnomasiga kо‘ra tabiiy ofat natijasida paxta hosili zararlanishiga 20 million sо‘mdan ortiq mablag’ sug’urta tovoni sifatida tо‘langanligi ham shular jumlasiga misol bо‘ladi.
Jamiyat о‘zining mijozlariga sifatli va qulay hizmatlar kursatishga har doim e'tibor berib keladi va bu masala diqqat markazida bо‘ladi.
 
"O‘zagrosugurta" AJ
Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
523

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
520

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
460