- Asosiy
- Yangiliklar
- Yangiliklarni ko‘rish
"O`zagrosug`urta" AJ bilan Xitoy Xalq sug`urta kompaniyasi o`rtasida hamkorlik qilish uchun muzokara boshladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O`zbekiston Respublikasining sug`urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4412-sonli Qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida "O`zagrosug`urta" AJ hamda Xitoy Xalq sug`urta kompaniyasi vakillari o`rtasida hamkorlik uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o'rnatish uchun mavjud imkoniyatlar qizg’in muhokama etildi.
Boshqaruv raisi S.Otamuratov so`nggi vaqtlarda “O`zagrosug’urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan xalqaro hamokorlikka chuqur e’tibor qaratilayotganligiga to`xtalib o`tdi. Xususan, shu kunga qadar Rossiya, Chexiya va Germaniya singari rivojlangan mamlakatlarning sug’urta tashkilotlari bilan Memorandum imzolanganligi alohida ta’kidlandi.
Muzokaralarda asosan 3 ta yo`nalish, ya’ni investitsiya, qayta sug’urtalash va kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.
Eslatib o’tamiz Xitoy Xalq sug’urta kompaniyasi qit’amizdagi eng obro’li va uzoq vaqtdan beri faoliyat yuritayotgan sug'urta kompaniyasidir. Uning yillik sug’urta mukofotlari tushumi 388 millliard AQSH dollari bo`lib, nufuzi jihatdan dunyoda 3-o`rinda turadi.
Joriy yil so’nggiga qadar ushbu sug’urta tashkiloti va Jamiyat o’rtasida hamkorlik qilish uchun qator rasmiy hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
"O`zagrosug`urta" AJ
Axborot xizmati.