Sayt beta-versiyada.

«O’zagrosug’urta» aktsiyadorlik jamiyati nafaqat ichki, balki xalqaro faoliyatga ham e’tiborni kuchaytirmoqda. Shu kunlarda Jamiyat Boshqaruvi raisi S.Otamuratov dunyodagi hamda chex sug’urta kompaniyalari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish va tajriba almashish maqsadida Praga shahrida bo’lib turibdi. Tashrif doirasida xatarlarni sug’urtalash bo’yicha Markaziy va Sharqiy Yevropa «Aon» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Muzokaralar natijasida qayta sug’urtalash sohasida ikki tomonlama kelishuv bitimi imzolandi.

 

«Aon» sug’urta kompaniyasi 1982 yilda Rayan Sug’urta guruhi Amerikaning qo’shma sug’urta kompaniyasi bilan birlashganda tashkil etilgan. 1987 yildan kompaniya «Aon» deb nomlandi. Bu shotlandcha «bitta» degan ma’noni anglatadi.

Darvoqe, o’zbekistonlik futbol ishqibozlari «Aon» kompaniyasini Angliyaning Manchester Yunayted jamoasi orqali yaxshi tanishadi. Uning logotipi bir necha yil «qizil iblislar» libosida aks etgandi. Bu loyiha kompaniya tomonidan erishilgan eng samarali yutuqlar sirasiga kirsa, uning yirik yo’qotishlari ham dunyo hamjamiyatiga ma’lum.
 
AQShning «qora seshanba» motam kuni «Aon»ga ham taalluqlidir. 2001 yil 11 sentyabrь hujumlari kompaniyaga ham jiddiy zarar yetkazdi. Boisi Jahon Savdo Markazining 92-98 va 55-qavatlarida Nьyu-York ofislari joylashgandi. Terakt natijasida kompaniya 176 xodimidan ayrildi va ushbu sanani o’z tarixidagi eng mudhish kun sifatida xotirlaydi.
Bugungi kunda «Aon» — professional xizmat ko’rsatuvchi dunyodagi yetakchi sug’urta kompaniyasi bo’lib, uning 120 mamlakatda taxminan 50 000 ishchilari mavjud. Bosh qarorgohi London shahrida joylashgan.
 
«O’zagrosug’urta» aktsiyadorlik jamiyatining jahondagi nufuzli kompaniya bilan hamkorligi O’zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, turli sohadagi xatarlarni qoplashda moliyaviy barqarorlik va xalqimizning turmush farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
 
«O’zagrosug’urta» AJ
Axborot xizmati.

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
586

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538