Сайт находится в бета версии

 Kuni kecha Oxangaronda soatiga 5 tonna vitamin-minerallar aralashmasi — premikslar ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Natijada shaharliklarga 45 ta yangi ish o’rni yaratildi. Zavodning ochilish marosimi tantanali tashkil etildi. Unda “O’zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o’rinbosari B.Axadov ishrok etdi va korxona rahbariyatini Jamiyat nomidan samimiy tabrikladi.

O’zbekiston, umuman butun Markaziy Osiyo mamlakatlari chorvachilikka qulay o’lka bo’lib, chorva hayvonlari uchun sifatli ozuqa mahsulotlariga talab yuqori hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi chog’ida “Afrosiyob Parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga omuxta-yem va premikslar ishlab chiqarish vazifasini yuklatilgan edi. Xususan, respublikamizning Samarqand, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida zamonaviy texnologiyalar asosida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa uy hayvonlari uchun zarur ozuqa ishlab chiqaruvchi zavodlar qurib bitkazilmoqda.

 Shunga asosan birinchi loyixa - Samarqand viloyatida 2018 yilning iyun oyida boyitilgan to’liq ratsionli omuxta yem ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.

 Ichki bozorda «PRЕMIKS»ga bo’lgan talablarni to’liq qondirish, import o’rnini qoplash va eksport kilishni yo’lga qo’yish maksadida “AFROSIYOB PARRANDA” MCHJ ta’sischiligi asosida “SAMMIX» savdo brend belgisi ostida zamonaviy premiks ishlab chikarish zavodi “AGRO SAMMIX” ma’suliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.

 

 

Yukoridagi maqsadlarga erishish uchun korxonaga chet el investitsiyasini jalb qilish bo’yicha olib borilgan amaliy ishlar natijasida, Germaniya Davlatining vitaminlar, premikslar hamda qo’shimcha komponentlar ishlab chiqaruvchi yirik «Kaesler Nutrition GmbH» kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga kelishildi.

 

Quvonarlisi, “O’zagrosug’urta” AJning mazkur korporativ mijozi hali to’liq ishga tushib ulgurmasdan Tojikiston Respublikasiga 5 tonna mahsulotni eksport qilib ulgurdi.

  • “O’zagrosug’urta” AJ,
  • Axborot xizmati.

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросуг...

230

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
254

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
246

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
236

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
201