Sayt beta-versiyada.

Sug’urta xizmati bizga nima beradi? 

Ko’cha-kuy, tanish-bilishlar yoki ommaviy axborot vositalari (masalan, “Otalar so’zi, aqlning ko’zi” ko’rsatuvi) orqali kimdirning boshiga falokat tushgani ahyon-ahyonda quloqqa chalinadi. Birov kasodga uchragan, nogiron bo’lgan, tabiiy ofatdan zarar ko’rgan yoki ko’ngilsiz hodisa oqibatida vafot etganligi kundalik xabarlar sirasiga kiradi. Uning oqibatida yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar, ayniqsa zararni qoplashning moliyaviy tomoni bilan bog’liq qiyinchiliklar bugun  jamiyatimizdagi muhim masalalardir. 

Umuman, inson hayoti xatarlarga to’la. Bu hamma zamonlarda turli ko’rinishda bo’lgan. Hayotda mana shu xatarlar bilan hisoblashmas ekanmiz, og’ir ijtimoiy holatga tushib qolmasligimizga hech qanday kafolat yo’q demak. Masalan, kasodga uchrab yo’lini topolmay yurgan tadbirkor, baxtsiz hodisa tufayli o’ta kamtarona turmush sharoitida yashayotgan nogironligi bo’lgan shaxslar, kreditga olingan mashina bilan yo’l transport hodisasi sodir etgan haydovchi yoki tabiiy ofat oqibatida uy-joyi, do’konidan ayrilgan fuqarolar haqida eshitamiz, bilamiz. Ammo ularning hammasi ham vaziyatdan chiqishda og’ir ahvolda qolmaydi. 

Moliyaviy xizmatlar ichida eng ommalashgani va ishonchlisi sug’urta hisoblanadi. G’arbiy Yevropa va rivojlangan mamlakatlarda odamlar sug’urta xizmatlaridan keng foydalanadi. Boisi, sug’urta sog’liq, biznes va mulkingizni turli xatardan himoyalashning hamda zararni kamaytirishning muhum omilidir. Tarixdan ota-bobolarimiz kelajakdagi ko’ngilsiz holatlarni hisobini olib, bir ishga kirishgan bo’lsada, ayni kunda sug’urta xizmatlariga aholining qiziqishi talab darajasida emas. Buni ko’pchilik sug’urta tashkilotlariga ishonchsizlik bilan bog’laydi. 

Biroq faktlar sug’urta xizmatlariga ishonmaslik uchun asos yo’qligini ko’rsatadi. Misol uchun, shu yili Angren ko’mir sanoati kasb-hunar kolleji direktor o’rinbosari S.A.A yo’l transport hodisasi oqibatida vafot etgan edi. “O’zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan bu bo’yicha qariyb 379 million so’m sug’urta tovoni to’lab berildi. Mazkur to’lov “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish” shartnomasiga ko’ra amalga oshirildi. Ushbu mablag’dan oila a’zolari va uning qaramog’ida bo’lgan shaxslar foydalanishi mumkin bo’ladi.    

Bundan tashqari, Xorazm viloyati, Qo’shko’pir tumanida yashovchi fuqaro Ibadullaeva Surayyo Sadullaevnaning yashash uyida yong’in kelib chiqdi. Oqibatda uning mol-mulkiga 16 million so’mdan ortiq yetkazilgan zarar Jamiyatimiz tomonidan qoplandi. 

Yana bir misol, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xujayli tumanidan fuqaro Sidikov Muzaffar Janabaevichga “Ipoteka kreditlarini kompleks sug’urta qilish” shartnomasiga ko’ra yashash uyining tabiiy ofat natijasida zararlangan  qismi hisoblanib, unga qariyb 19 million so’m to’lab berildi. 

Shuningdek, Samarqand viloyati, Pastdarg’on tumani, Zangiboy mahallasida istiqomat qiluvchi Gadaev Akmal Abdukaxorovich ham “Baxtsiz hodisalardan sug’urtalash” polisiga ko’ra olgan tan jaroxati bo’yicha deyarli 19 million so’mlik sug’urta tovoni to’landi. 

Yuqoridagi kabi misollarni uzoq keltirish mukin. Joriy yilning o’tgan davri mobaynida qariyb 10,5 ming nafar jismoniy va yuridik shaxslar bilan sug’urta hodisasi sodir bo’ldi. Bu bo’yicha “O’zagrosug’urta” Aktsiyadorlik Jamiyati tomonidan 30 milliard 295 million so’mdan ortiq sug’urta tovonlari to’landi.

Afsuski, O’zbekistonda sug’urta xizmatlaridan foydalanish hajmi maqtashga arzigulik emas. Go’yoki, ijtimoiy hayotdagi turli xatarlar bizni chetlab o’tishi kafolatlangandek osongina uyga kelgan sug’urta agentlariga eshik qaerdaligi ko’rsatib qo’yamiz. Demak, aholi o’rtasida sug’urta madaniyati sustligining sababi ishonchsizlik emas, balki ushbu moliyaviy xizmat bo’yicha bilimlar yetarli emasligi hisobolanadi. Ya’ni odamlarda sug’urta, uning shartlari, shartnoma tuzish tartibi to’g’risida birlamchi tasavvurlar ham yetarli darajada emasligi turli tushunmovchiliklarga sabab bo’layotgani ayni haqiqat.

Xulosa shuki, sug’urta bu xotirjamlik garovi. Zero, har qanday ishonchli do’st ham boshga tashvish tushganda sinaladi. Do’st pand berishi mumkin, lekin sug’urta tashkiloti og’ir vaziyatlarda birovning qo’liga qarab qolmasligingizga aniq kafolat beradi. Sug’urta birovga muammo bilan murojaat qilmaslikka, muammolaringizni o’zingiz hal qilishingizga o’rgatadi. Shunday ekan, siz boshqalar bilan do’stlik va boshqa oilaviy munosabatlaringiz barqaror bo’lishida sug’urta xizmatlari haqida ko’proq bilish maqsadga muvofiq.  

  • “O’zagrosug’urta” AJ,
  • Axborot xizmati.

 

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
749

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
588

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1556

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
586

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
542