Sayt beta-versiyada.

       Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qamashi tumanida yashovchi imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi. Shuningdek, bir qator boquvchisini yo’qotgan kam daromadli oilalarga turmush uchun zarur sovg’alar ulashildi.    

        “O’zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi o’z xizmat safari chog’ida Qamashi tumani “Chim” qishlog’ida joylashgan “Abdi Bozorov” fermer xo’jaligi dala shiyponida bo’ldi. U yerda ko’plab tadbirkorlar va fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

     

                   Muloqotda yig’ilganlarga sug’urta sohasi bo’yicha zarur axborotlar berildi. Bundan tashqari, tadbirkorlarni qiziqtirgan dolzarb masalalarga Jamiyat raisi tomonidan oydinlik kiritildi va kelgusida bunday uchrashuvlarni tez-tez o’tkazish, aholining sug’urta borasidagi savodxonligini oshirish bo’yicha “O’zagrosug’urta” AJning viloyat filiali rahbariga topshiriq va ko’rsatmalar berildi. Uchrashuv ko’tarinki va ishchan ruhda o’tdi. 

  • “O’zagrosug’urta” AJ,
  • Axborot xizmati.

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
587

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538