Sayt beta-versiyada.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 10 iyul kuni mamlakatda sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda sug‘urta sohasining bugungi holati tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan edi.

Joriy yilning 5 avgust kuni «O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosini ta’minlashda «O‘zagrosug‘urta» AJning oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Qarorga muvofiq, sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Qarorga ko‘ra, sug‘urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlari 2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich oshiriladi, daromadlarning 20 foizigacha miqdoridagi ajratmalar hisobiga shakllantiriladigan sug‘urta tashkiloti zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdori sug‘urta tashkiloti ustav fondining 50 foizigacha oshiriladi, shuningdek sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha elektron polislarni («Ye-polis») rasmiylashtirish mexanizmi joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvardan, yuridik shaxslar – sug‘urta brokerlari va sug‘urta agentlari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi komissiya mukofotining 13 foizi miqdorida belgilanadi, sug‘urta tashkilotining boshqa sug‘urta tashkilotlari ustav fondlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, sug‘urta zaxiralarining minimal darajasi belgilanadi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar daromadlarining hayotni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lash uchun yo‘naltiriladigan qismi yuzasidan soliq imtiyozlari quyidagi shartlarda qo‘llaniladi:

- sug‘urta summasi shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan so‘ng bir yo‘la to‘langanda;

- renta to‘lash shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan so‘ng boshlanganda;

- rentani to‘lash shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan 12 oy o‘tmasdan boshlanganda.

2020/2021 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalarining «Sug‘urta ishi» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi va kechki bo‘limlarga test sinovlari o‘tkazilmasdan, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari pulli-kontrakt asosida qabul qilish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, qaror bilan Moliya vazirligi huzurida Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

«O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati o‘tgan davrdagi faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqdi.

«O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyatida 2018 yil bo‘yicha majburiy sug‘urta mukofoti tushumlari miqdori 263,5 milliard so‘mni, ixtiyoriy sug‘urta esa 1 milliard 371,3 million tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich 2019 yilning birinchi yarmida o‘tgan yilga nisbatan 155 foiz oshganligini kuzatildi.

Ta’kidlash joizki, «O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda 150 ga yaqin sug‘urta xizmat turi bo‘yicha sug‘urta bozorida faol ishtirok etib kelmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning sug‘urta bozorini isloh qilishga qaratilgan ushbu qarori mamlakatimiz iqtisodiyoti, qolaversa aholisi farovonligi va tadbirkorlik sub’ektlarining barqaror rivojlanishiga hamda sug‘urta tashkilotlarining ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
586

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538