Sayt beta-versiyada.

                                                                                                                                       Munosabat

     Yangi O‘zbekistonda har yili Davlat rahbarining Oliy Majlisga va xalqimizga Murojaatnomasi katta qiziqish bilan kutilmoqda. Bu yaxshi an’anaga aylandi. Sababi, Murojaatnoma — mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, yangi yil uchun ustuvor vazifalar sarhisobidir. 
     Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2021 yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berildi. O‘z-o‘zidan ayonki, kelasi yilgi islohotlar asosan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash, sportni rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratiladi. 
    Aytish joizki, Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davrining to‘rtinchi yili murakkab bir davrga to‘g‘ri keldi va Murojaatnomada asosiy urg‘u mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini saqlash, aholining real daromadlarini oshirishga qaratildi. Bunga 2021 yilgi islohotlar doirasida yoshlar salohiyatini oshirish, ularni ish bilan ta’minlash va yosh tadbirkorlar uchun kreditlar ajratish hamda aholi salomatligi mustahkamlash orqali erishish kutilmoqda. 
    Prezidentimizning bu yilgi Murojaatnomasi avvalgilari bilan umumiy bog‘liqligi shuki, ularning pirovand g‘oyasi odamlarni boy qilish, kambag‘allikni qisqartish va aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlash hisoblanadi. Shu paytga qadar amalga oshirilgan islohotlarning zamirida, chunonchi, “odamlar ertaga emas, bugun baxtli bo‘lishlari kerak” qabilidagi ezgu maqsadlar mujassam.     
    Murojaatnomada ta’kidlangan quyidagi fikrdan anglash mumkinki, odamlarni o‘z hayotidan rozi qilish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar bardavom bo‘ladi va bunda tegishli xulosalar chiqarilgan: “Bir haqiqatni aniq tushunib olishimiz kerak – kambag‘allik masalasi kredit, ijtimoiy nafaqa yoki uy berish bilan o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolmaydi. Buning uchun ta’lim, sog‘liqni saqlash, kasb-hunarga o‘qitish, ichimlik suv, energiya va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq kompleks muammolarni hal etib borish kerak.”
     Darhaqiqat, sog‘lom va salohiyatli millat har tomonlama taraqqiy etadi. Buning uchun davlat darajasida keng qamrovli shart-sharoitlar yaratilishi yuqorida keltirilgan shu birgina fikrda aks etgan. E’tibor berilsa, O‘zbekiston Prezidenti kambag‘allik masalasini energiya va yo‘l infratuzilmasi bilan uzviy bog‘laydi. Boisi yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqaruvchilarni ko‘paytirishda avvalo shu muammo o‘z yechimini topmog‘i lozim. Bundan tashqari, mehnat bozorida hozirgi zamonaviy kasblarni puxta egallagan kadrlar bilan to‘ldirish masalalari ham kompleks muammolar sirasiga kiritilgani ham iqtisodiyotni rivojlatirish borasida qo‘yilgan odim qadamdir.
    Modomiki, Yangi O‘zbekistonda aholi farovonligini ta’minlash oliy maqsad bo‘lsa, unda islohotlarning asosiy bo‘g‘ini ijtimoiy himoya bo‘ladi. Bunday sharoitda sug‘urta kompaniyalari faoliyatiga ham jiddiy o‘zgarishlar kutiladi. Chunki, keng qamrovli moliyaviy xizmatlarsiz  iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish mushkul.
    “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan 2021 yilda  ustuvor yo‘nalish etib Davlatimiz rahbari tomonidan Murojaatnomada ko‘rsatib o‘tilgan, kadrlar malakasini oshirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda xalqaro bozorlarda yangi segmentlarni ko‘paytirish kabi muhim va dolzarb vazifalar belgilangan.   
    Jamiyatning 2021 yilga mo‘ljallangan eng asosiy vazifalardan yana biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-son Farmoni ijrosini ta’minlashdir. Farmonga asosan Jamiyatning Respublika hamda xalqaro sug‘urta bozorlarida ishonchli va barqaror imidjini shakllantirish maqsadida xalqaro standartlarga mos boshqaruv tizimini joriy qilish, shuningdek, kompaniyada to‘liq transformatsiya masalalarini amalga oshirishdan iboratdir. 
    Bir so‘z bilan aytganda, jonajon O‘zbekistonda bo‘layotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida har bir tashkilot munosib hissa qo‘shmog‘i, ish samaradorligini oshirish uchun jiddiy islohotlarni eng birinchi navbatda o‘zidan boshlagani maqsadga muvofiqdir. 

Shuhrat Kobilov,
Boshqaruv raisining Matbuot kotibi — axborot 
siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi


 

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
873

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
641

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1795

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
626

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
580