Sayt beta-versiyada.

    So‘nggi uch yildagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta bozorida tovon to‘lash bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Kompaniya tomonidan 2020 yilning 9 oyi davomida 61 milliard so‘mdan ortiq sug‘urta tovoni to‘lab berildi. Bu respublika sug‘urta bozorida jami to‘langan sug‘urta tovonlarining qariyb 25 foiziga to‘g‘ri keladi. 
    Xususan, jismoniy shaxslarga to‘langan yirik sug‘urta tovonlari:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentining Toshkent shahar hududiy bo‘limi sudyasiga “Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish” polisi bo‘yicha 41,3 million so‘m tovon to‘langan.
2. Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida yashovchi Najmiddin Ernazarovga “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” ya’ni avtomobil sug‘urtasi bo‘yicha 26 million so‘m sug‘urta tovoni to‘lab berilgan.
3. Namangan viloyati, Chust tumanida yashovchi fuqaro Dilfuza Isakovaga “Aholi xonadonlarida va chorvachilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sug‘urta qilish” sug‘urta turi bo‘yicha zararni qoplash uchun 17 million 250 ming so‘m sug‘urta to‘lovi amalga oshirilgan.
    Shunindek, yuridik shaxslarga to‘langan yirik sug‘urta tovonlari:
1. Buxoro viloyati, Jondor tumanida joylashgan “Global mega textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga “Garovga qo‘yilgan mol-mulk” polisi yuzasidan 947,5 million so‘m sug‘urta tovoni to‘langan.
2. Jizzax viloyati, SH.Rashidov tumanida joylashgan “Kulpisar kumush tola” fermer xo‘jaligiga paxta kam hosillidan ko‘rgan zarari uchun 225,3 million  so‘mlik to‘lov amalga oshirilgan.
    Albatta, bu bizning majburiyatimiz lekin, shu majburiyatni vaqtida ado etish, mas’uliyat bilan qarash hamda mijozni rozi qilishga kompaniyamiz katta ahamiyat qaratadi. Bu yil har yilgidanda og‘ir kelganiga qaramasdan, sug‘urta tovonlari o‘z vaqtida to‘lab berilgani fikrimizga misol bo‘ladi.
    Kompaniyamiz tomonidan 2020 yilning o‘tgan davri mobaynida eng yirik to‘lovlar va boshqa o‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotlarni rasmiy veb-saytimizda ko‘rsatilgan aloqa vositalari orqali olishingiz mumkin. Ochiqlik va shaffoflik, mijozlarning talab-istaklari bizning asosiy ish mezonimizdir!

  • “O‘zagrosug‘urta”AJ
  • Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
874

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
641

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1796

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
626

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
580