Sayt beta-versiyada.

    Xabaringiz bor, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “Alpomish” sport majmuasi stansiyadagi kislorod balonlari portladi. Natijada majmuaga yaqin bir qator bino-inshootlarga ham shikast yetdi. Ma’lum bo‘lishicha, portlashdan zararlangan binolarning biri sug‘urtalangan ekan.


    — Bundan uch yil burun tadbirkorlik maqsadida bankdan pul olib, do‘konimni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘ygan edim. “Garovga qo‘yilayotgan mol-mulkni sug‘urta qilish” bo‘yicha salon binosini sug‘urtalangan ekan, shu menga bugun qo‘l keldi. Portlash salon eshik va derazalari deyarli yaroqsiz holatga keltirdi. Hisoblab ko‘rilsa, salonni ta‘mirlash uchun taxminan 7-8 million so‘m kerak ekan. “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi menga deyarli 8,5 million so‘m sug‘urta qoplamasi to‘lab berdi. Buning uchun ulardan minnatdorman, — deydi salon rahbari Shaxnoza Adilova.
    “O‘zagrosug‘urta” AJ Sirdaryo viloyati filiali tomonidan 2020 yilning 11 oyida jami sug‘urta turlari bo‘yicha to‘lab berilgan sug‘urta tovonlari 446 million so‘mdan oshadi. Viloyat miqyosida tuzilgan sug‘urta shartnomalari esa 21 mingdan ko‘pdir.
    Bugungi kunda “O‘zagrosug‘urta” AJ Sirdaryo viloyati filiali va uning 9 ta sug‘urta markazi tomonidan aholiga 100 dan ortiq sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida 70 dan ortiq malakali xodimlar faoliyat yuritmoqda. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ
 Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
874

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
641

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1796

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
626

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
580