Sayt beta-versiyada.

    Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash — dunyo bo‘yicha eng xatarli va zararli sug‘urta turlaridandir. Sug‘urta kompaniyalari bunday moliyaviy tavakkalchiliklarni sug‘urtalashga ko’p ham хayrixoh bo‘lavermaydi. Shuning uchun, aksariyat mamlakatlarda sug‘urtalovchilar uchun maxsus subsidiyalar ajratiladi. Chunki, kamhosillikdan ko‘rilgan zararni tayyor mahsulot ekspoti qoplaydi. Masalan, uzumchilik plantatsiyasidan reja bo‘yicha 50 tonna o‘rniga 10 tonna hosil olindi. Shu 10 tonna uzumdan ishlab chiqarilgan vino eksporti orqali davlat byudjetiga ko‘proq pul kelib tushadi.    
    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalashga ixtisoslashgan eng yetakchi kompaniya “O‘zagrosug‘urta” aksiyodorlik jamiyati hisoblanadi. Bu ayniqsa, Jamiyatning sug‘urta tovonlari kesimida aks etadi. To‘lovlar asosan paxta, g‘alla va boshqa ekin turlari kamhosilligidan kelib chiqadi. Ko‘pchilik buni tabiiy ofatlar bilan bog‘laydi.   
    — Dehqonchilik bilan shug‘ullanaman. Bunga 20 yilcha bo‘ldi. Bizda chamasi 40 gektar paxta, 20 gektar g‘alla va 5 gektar boshqa ekin maydoni bor. O‘z tajribamga tayanib aytish mumkinki, bizni sohada asosan tabiiy ofatlar hosildorlikka ziyon yetkazadi. Unumdorlik baribir ob-havoga bog‘lik ekan. Bizni sohada sug‘urtasiz ishlash noto‘g‘ri. Shu yil bahorgi kuchli jala va do‘l g‘allani urib ketdi. Reja bo‘yicha gektariga 30 sentner hosil olmoqchi edik. Lekin 13 tonnadan oshiqroq g‘alla o‘rildi. Sal kam 60 million so‘mlik zararni “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi oz fursatda qoplab berdi. Endi xotirjam daladagi boshqa ishlarni davom ettirish mumkin. Yomoniga tayyor tursang, yaxshisi shundoq ham keladi, deydi dono xalqimiz. Sug‘urta — xotirjamlik beradi, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi, — deydi Kasbi tumani “Muhammadjon Shahzodovich” fermer xo‘jaligi rahbari Shahzod Nomozov. 
   “O‘zagrosug‘urta” AJ Qashqadaryo viloyati filiali tomonidan 2020 yil o‘tgan davri mobaynida qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash bo‘yicha to‘lab berilgan sug‘urta tovonlari 13 millard so‘mdan oshadi. Mazkur to‘lovlar 400 dan ortiq fermer xo‘jaliklari bilan sodir bo‘lgan sug‘urta hodisasi yuzasidan amalga oshirilgan.
    Bugungi kunda “O‘zagrosug‘urta” AJ Qashqadaryo viloyati filiali va 15 ta sug‘urta markazi voha ahliga 140 dan ortiq sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib kelishmoqda. Aholi uchun sifatli xizmatlarni taqdim etish maqsadida 70 dan ortiq malakali xodimlar kompaniya nomidan faoliyat yuritmoqda.

“O‘zagrosug‘urta” AJ
 Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
874

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
641

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1796

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
626

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
580