Sayt beta-versiyada.

    Poytaxtda transport vositasi ko‘p, yo‘llar serqatnov. Sodda aytganda, yo‘l transport hosidasi sodir bo‘lish ehtimolligi yuqori hisoblanadi. Shuning uchun respublikamizning boshqa hududlarida majburiy avtosug‘urta narxi 40 ming so‘m bo‘lsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 56 ming so‘m etib belgilangan. 
    Majburiy avtosug‘urtadan maqsad uchinchi shaxslarga yetgan zararni qoplash — aholini ijtimoiy muhofazalashdir. Ya’ni yo‘l transport hodisasi natijasida jabrlanganlarning mulkiy yoki jismoniy zararlarini qoplashning davlat darajasida kafolatlash mexanizmi hisoblanadi. 
    Ta’kidlash joizki, majburiy avtosug‘urta polisi bo‘yicha sug‘urta tashkilotining olib boradigan javobgarligi 40 million so‘m etib chegaralangan. Aniqrog‘i, inson salomatligini tiklash uchun 26 million so‘m va qolgan 14 million so‘m esa transport vositasiga yetgan zararni qoplash maqsadida to‘lab beriladi. Zarar belgilangan miqdordan oshib ketsa, javobgarlik olib borilmaydi. Mana shu nuqtada sug‘urta kompaniyasiga nisbatan norozilik boshlanadi... 
    Albatta, haydovchilar yo‘l transport hosidasidan ko‘rgan barcha zarar aybdorligidan qat‘iy nazar qoplanishini xohlaydi. Bu imkonsiz emas. Buning uchun ixtiyoriy sug‘urta turlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Bunday sug‘urtalash narxi majburiy sug‘urtadan birmuncha farq qiladi. Tahminan, transport vositasining 1-1,5 foizi miqdoridagi pul mablag‘i sug‘urta mukofoti to‘lash lozim bo‘ladi. 


    — Yoshim 33 da, ikki nafar farzandning otasiman. Yaqinda men bilan avtohalokat yuz berdi. “Lasetti” garovga qo‘yilgan mulk sifatida sug‘urtalangan edi. Shuning uchun mashinaga yetkazilgan zarar uchun sal kam 8 million so‘m sug‘urta tovoni to‘landi. Bilsam, transport vositasini xuddi shu shartlarda ixtiyoriy sug‘urtalash mumkin ekan. Ya’ni aybdorligizdan qat’iy nazar transport vositasi qiymatining 100 foizi miqdorida polis rasmiylashtirsa bo‘larkan. “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasidan minnatdorman, — deydi toshkentlik tadbirkor Shavkat Mirzayev. 
    “O‘zagrosug‘urta” AJ Toshkent shahar filiali tomonidan 2020 yilning o‘tgan davri mobaynida majburiy avtosug‘urta, ya’ni “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” bo‘yicha 13,5 mingdan ortiq polis rasmiylashtirilgan. Yig‘ilgan sug‘urta mukofoti 1,1 milliard  so‘mdan oshadi, bu polis bo‘yicha to‘lovlar esa qariyb 833 million so‘mni tashkil etmoqda.  

  • “O‘zagrosug‘urta” AJ
  •  Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
874

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
641

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1796

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
626

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
580