Sayt beta-versiyada.

    Hech birimiz boshimizga oldindan nima "savdolar" tushishini bilmaymiz. To‘satdan sodir bo‘lgan ko‘ngilsizlik ko‘pchilikni tashvishga solib qo‘yadi. Bunday muammolarning qulay yechimi — sug‘urtadir. Bugun buxoroliklar ixtiyoriy sug‘urtaning afzal jihatlarini o‘z hayotida his etmoqda.

    Yaqinda qorako‘llik Dilrabo To‘ymaevaning bir bosh sigiri kasallik tufayli nobud bo‘ldi.  Biroq jonivorning atigi 20 ming so‘m evaziga sug‘urtalangani tufayli  xonadon  egalarini "mol achchig‘i"dan saqlab qoldi. Ushbu holat bo‘yicha “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan bir million so‘m to‘lab berildi. Bu haqda Dilrabo opaning o‘g‘li shunday deydi:



    Bugungi kunda “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan aholiga 40 dan ortiq ixtiyoriy sug‘urta turlari taklif etilayotgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatda 115 mingga yaqin sug‘urta shartnomalari tuzildi. Shundan 2 mingdan oshiqrog‘i ixtiyoriy sug‘urta turlariga to‘g‘ri keladi. 
    Ta’kidlash joizki, viloyatda “Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash” ixtiyoriy sug‘urtaning eng ommabop turidir. Boisi inson salomatligiga xavf tug‘ilganda yetarli mablag‘ har doim ham topilavermaydi. Shu sababli ushbu sug‘urta turiga talab yuqori, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
    Shu bilan birga, Vobkent tumani “Mirvoshi” qishlog‘ida yashovchi Gulhayo Teshabaeva ehtiyotsizlik oqibatida kuyish tan jarohatini olib, shifoxonada davolanib chiqdi. Shifokor xulosasiga ko‘ra, ushbu holat sug‘urta hodisasi deb tan olindi va “O‘zagrosug‘urta” AJning tuman bo‘linmasi tomonidan qariyb 4,5 million so‘mlik sug‘urta qoplamasi to‘lab berildi. Jumladan, Gulhayo Teshaboeva   o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqea yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

   

       Aholi orasida ixtiyoriy sug‘urta turlari tobora ommalashib borayotganligi raqamlarda ham namoyon bo‘lmoqda. Xususan, “O‘zagrosug‘urta” AJ Buxoro viloyati filiali tomonidan 2020 yilning o‘tgan davri davomida sal kam 125 ming dona shartnoma tuzilgan bo‘lsa, shundan 67 mingdan ortig‘i ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha imzolangan shartnomalar hisoblanadi. Ushbu shartnomalar bo‘yicha to‘langan to‘lovlar miqdori 7 milliard so‘mdan oshadi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ
 Axborot xizmati

 

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
586

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538