Sayt beta-versiyada.

    Navoiy sanoati rivojlangan viloyat bo‘lishiga qaramasdan, aksariyat tumanlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. Navbahorda dehqonchilik, chorvachilik, uzumchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadigan odamlar ko‘p. Biroq dehqonchilik mahalliy aholining asosiy biznesi emas. Shuning uchunki, bu yerda  dehqondan odatdagidan ko‘ra ko‘proq bilim va xushyorlik talab etiladi. Bir vaqtning o‘zida qurg‘oqchilik, shamol, do‘l, garmsel, turli zararkunanda hasharotlar va boshqa tabiiy ofatlarga qarshi kurashish ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan  fermer bu kasbdan baraka topishi qiyin.
    — Fermer xo‘jaligimiz 2015 yilda tashkil etilgan. Ungacha ham dehqonchilik qilganman. Navbahorda paxta va g‘alla yetishtirish o‘ziga yarasha mashaqqatli. Tabiiy ofatlar ko‘p-da, chunki. Bu yil bahorda juda qattiq shamol turib, g‘allani og‘darib ketdi.  Kuzga kelib, yarim hosildan ayrilganimiz ma’lum bo‘ldi.  Ammo ko‘rilgan barcha zarar “O‘zagrosug‘urta” bo‘linmasi tomonidan qoplandi. Kelasi yil nima qilishni bilaman.  Tabiiy ofat bo‘lmasligini kutib yashagandan, hosilni ixtiyoriy sug‘urtalagan ma’qul ekan, — deydi “Kumushoy Shahzoda” fermer xo‘jaligi rahbari Sherzod Narziev.
    “O‘zagrosug‘urta” AJ mas’ullarining fermerlar bilan suhbatiga “Jambul shoxsuvori” fermer xo‘jaligi rahbari Voxidjon Nurillaev qo‘shildi.


    — Bo‘rondan men ham zarar ko‘rdim. Bu yilga mo‘ljalimiz 70 tonna edi, lekin atigi 27 tonna g‘alla o‘rdik. Hosilni qariyb uchdan ikki qismini yo‘qotgan bo‘lsakda,  sal kam 35 million so‘m zararni sug‘urta to‘lab berdi. Muhimi bankdan qarzimiz yo‘q, xotirjam ishni davom ettiryapmiz. Bunday  mas’uliyat, tezkorlik uchun “O‘zagrosug‘urta”dan minnaddormiz.  Xudo xohlasa kelgusi mavsum puxtaroq bo‘laman. Shu ish bo‘ldiyu, dehqon uchun qulay ixtiyoriy sug‘urta turlaridan doimiy foydalanishga qaror qildim. 
    Eslatib o’tamiz, bugungi kunda viloyat miqyosida “O‘zagrosug‘urta” AJ ning  Navoiy viloyati filiali, 6 ta tuman bo‘linmasi va 3 ta sug‘urta markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Jami 50 dan ortiq malakali xodimlar tomonidan aholiga 
sifatli sug‘urta xizmatilari taklif etilmoqda.

    “O‘zagrosug‘urta” AJ Navoiy viloyati filiali tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qariyb 200 ta sug‘urta hodisasi bo‘yicha 500 million so‘mga yaqin to‘lovlar  amalga oshirilgan.

  •  “O‘zagrosug‘urta” AJ
  •  Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
586

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538