Sayt beta-versiyada.

    “Samarqand — sayqali ro‘i zamin ast”, iborasi bejizga aytilmagan. Shaharliklar kun-kunora mehmon qabul qiladi. Tarixiy jozibadorligi bilan dunyoga mashhur, o‘zbek davlatchiligi oltin xazinasi bo‘lmish mazkur maskanning kurrai zaminda shinavandalari bisyor. Bu yerga tez-tez xorijiy va mahalliy ziyoratchilar tashrif buyuradi. Samarqandliklar kutadigan va qadrlaydigan eng aziz mehmonlar sirasiga har bir oilaning umid shamchirog‘i — dunyoga yangi keladigan chaqaloqlardir.
    Bugungi kunda Samarqand viloyatida “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan homilador ayollarni turli qaltisliklardan himoyalash borasida aholiga qator sug‘urta xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. 
    — Yaqinda birinchi farzandli bo‘ldik. Farizjon shifokorlarning ko‘rsatmasiga ko‘ra jarrohlik amaliyoti orqali tug‘ildi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Shundan so‘ng, “O‘zagrosug‘urta” tashkilotidan qo’ng‘iroq bo‘ldi. Kompaniya vakili menga sug‘urta tovoni to‘lanishini tushuntirib, buning uchun kompaniyaning elektron manziliga ariza berishimni aytdi. Hayron qoldim. Bilsam, turmush o‘rtog‘im bizni sug‘urtalatgan ekan. Ikki-uch kunda hisobimga 750 ming so‘m o‘tkazib berishdi. Muhimi, men va farzandim salomatmiz. Bundan xursandman. “O‘zagrosug‘urta”ga rahmat, yaxshi narsa o‘ylangan. Omad tilayman, — deydi payariqlik Gulnigor Mo‘minova. 
    — Hozirda viloyat ahliga kompaniyamiz tomonidan sug‘urtaning 100 dan ortiq turlari bo‘yicha xizmatlar taklif etilmoqda. Ushbu holat joriy yil hisobida “Homilador ayollar va ularning homilasi(bolasi)ni sug‘urtalash” polisi bo‘yicha qayd etilgan to‘rtinchi sug‘urta hodisa hisoblanadi. Bunday ixtiyoriy sug‘urta turlarini xalq ichida ommalashtirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari avvalgi yillarga nisbatan birmuncha kuchaytirilmoqda, deydi “O‘zagrosug‘urta” AJ Samarqand viloyati filiali boshqaruchisi o‘rinbosari Jahongir Abdusaidov.  
      Umuman olganda, joriy yilning o‘tgan davrida sug‘urtaning barcha turlari  bo‘yicha “O‘zagrosug‘urta” AJ Samarqand viloyati filiali tomonidan 300 ta holatda qariyb 5 milliard so‘mlik sug‘urta tovonlari amalga oshirilgan. 

 “O‘zagrosug‘urta” AJ
 Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
586

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538