Sayt beta-versiyada.

        Ohangaron kundan kunga o‘zgarib bormoqda. Bir yil kelmagan kishi taniy olmasligi tayin. Shaharga kirishingiz bilan yangi ko‘p qavattli uylar, xizmat ko’satish shoxobchalariyu, savdo do’konlari qad rostlagan. Poytaxtni Farg‘ona vodiysiga  aynan shu shahar bog‘laydi. Yo‘l serqatnov bo‘lgani uchun ham avtomobillar  bilan turli transport hodisalari sodir bo‘ladi.  

         — Shahrimizning “Guliston” mahallasida yangi ko‘p qavatli xonadonlar qurildi. Ushbu binolarining 1-qavati tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun qulay bo’lib, ukam ikkimiz shu yerda oziq-ovqat do’koni ochdik. Bundan ikki oy avvalgi avtohalokat tufayli do’konimizga o’t ketdi. Yuk mashinasining to‘qnashgani ortidan “Damas”ga o‘rnatilgan gaz baloni portlab, yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. To‘g‘risi, bunday paytda zararni kimdan, qanday undirishga boshim qotgandi. Chunki aybdorlarning sud ishi qachon tugaydiyu, do‘konni qayta ta’mirlash masalalari so‘roq ostida edi.  “O‘zagrosug‘urta”dan juda minnatdormiz, rosti. Ular bizga 85 million so‘mdan ortiq ko‘rilgan zararni tez fursatda ko‘chirib berishdi. Endi avtohalokat bilan bog‘liq nizo natijasi bo‘yicha qayg‘urmasdan, bemalol tadbirkorlik faoliyatimizni davom ettirishimiz mumkin. Do֫ kon sug‘urtalanmaganida bunday imkoniyatimiz bo‘lmasdi. Shunday sug’urta kompaniya boriga shukur, —deydi "TK Dil Akbar Trans" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari D.Xo‘janazarov. 
       Umuman olganda, “O‘zagrosug‘urta” Aj Toshkent viloyati filiali tomonidan viloyat bo‘yicha 2020 yilning o‘tgan davrida qariyb 5 milliard so‘mlik sug‘uta tovonlari to‘lab berildi.
     Bugungi kunda Jamiyatning viloyatda jami 13 ta tuman bo‘linmasi hamda 6 ta sug‘urta markazi aholiga  xizmat ko’rsatmoqda. Kompaniya tomonidan viloyat ahliga  sifatli sug‘urta xizmatlarini taklif etish maqsadida 100 nafarga yaqin xodimlar va 200 dan ortiq sug’urta agentlari jalb qilingan.  
“O‘zagrosug‘urta” AJ
 Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
586

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538