Sayt beta-versiyada.

Millat umri til bilan

     Dunyo koʻp millatli. Oʻz milliy qadriyatlarini saqlab qolgan xalqgina millat boʻlib shakllanadi, taraqqiyotga yuz tutadi. Yapon, koreys, xitoy va gʻarbiy Yevropa xalqlari misolida bu yaqqol namoyon boʻladi. Ajdodlardan qolgan merosni avlodlarga yetkazuvchi yagona vosita esa Ona tilidir. Sodda aytganda, “Oʻtkan kunlar”ni ona tilimizda mutolaa qilmagan millatdoshimiz oʻtmish, sof oʻzbek tili va qadriyatlarimiz haqida kamroq biladi.

     Oʻzbekistonda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga oʻttiz bir yil boʻldi. Bu vaqt ichida bir qator ijobiy oʻzgarishlar boʻldi, ammo kamchiliklardan holi emas. Misol uchun, davlat idoralari va tashkilotlarda asosiy ish yurituvi, tashkilotlararo yozishmalar hanuzgacha rus tilida yozilayotganligini kuzatish mumkin. Shuningdek, taʼlim tizimidagi ushbu yoʻnalish boʻyicha xato va kamchiliklar borligini, ilmiy adabiyotlar yetishmasligini ommaviy axborot vositalaridagi tanqidlardan ham koʻrishimiz mumkin.

     Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlardan biri milliy oʻzlikni anglash, qadriyatlarni tiklash va jamiyatda vatanparvarlik, daxldorlik hissini shakllantirish hisoblanadi. Bunday strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda davlat tili maqomi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Taʼkidlash joiz, joriy yilning 10-apreldagi qonunga koʻra, bu yil birinchi marta oʻzbek tili bayrami nishonlanmoqda.

     Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bu borada qator farmon, qaror va boshqa qonun hujjatlari imzolandi. Aytish oʻrinliki, Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ham oʻzbek tilida nutq soʻzlaganligi jamoatchilik tomonidan gʻurur bilan kutib olindi. Bu esa, davlat, nodavlat idoralar, tijorat tashkilotdarida toʻliq oʻzbek tilida ish yuritish ishlarini yanada jadallashtirish zarurligini koʻrsatmoqda.

     “Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

     Xususan, Jamiyat Boshqaruvi raisining buyrugʻi bilan Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya tuzilgan boʻlib, shu yoʻnalishda maslahatchi faoliyat olib bormoqda. Bu orqali, tizimdagi ichki normativ hujjatlar va ularning almashinuvini davlat tilida yuritish uchun zarur choralar koʻrildi. Shuningdek, Jamiyatning hududiy filiallari peshlavhasi va binolarning ichki va tashqi yozuvlari toʻliq lotin alifbosiga oʻtish ishlari olib borildi hamda tilga boʻlgan eʼtiborni yanada kuchaytirdi, milliy qadriyatlarimiz va ona tilimizni targʻibotiga qaratilgan “Kitob javoni” tashkil etish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Shu bilan birga, Jamiyatimizning rasmiy veb-sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari davlat tili talablari asosida faoliyati yoʻlga qoʻyilib, imlo xatolari ustidan nazorat oʻrnatilgan. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, “Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan sohada oʻzbek tili nufuzi va maqomini oshirish maqsadida xodimlar uchun imloviy savodxonlikka oid tashkil etiladigan oʻquv-seminarlar roʻyxati ishlab chiqildi.

     Albatta, bu kabi ishlar haqida koʻplab misollar keltirish mumkin, ammo bir soʻz bilan aytganda, qaysi sohada boʻlmaylik islohotni oʻzimizdan boshlasak, marra bizniki boʻladi.

 

“Oʻzagrosugʻurta” AJ Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
586

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538