Sayt beta-versiyada.

      Bugungi Qoraqalpog’iston kechagidan butunlay farqlanadi. Ilgari asosan baliqchilik, chorvachilik, gilamdo’zlik va kasanachilikka ixtisoslashgan o’lka, endilikda bog’dorchilik va dehqonchilikda ham o’zini namoyon  etmoqda. 
    Dehqonning noni qattiq. Ancha zaxmat, mashaqqat va tajriba lozim. Bundan tashqari, turli tabiy ofatlar, zararkunandalar hosilga xavf soladi. Shuning uchun sug’urtaviy  himoyangiz bo’lmasa, bu sohaga kirmagan ma’qul.
    — Bizda suv masalasi chatoq. Asli kasbim mirobchilik bo’lib, dehqonchilikda o’zimni sinab ko’rmoqchi edim. Fermerlarga berilayotgan imkoniyatlar meni yer olishga ilhomlantirdi. Ikki yillik dehqonman. Ne umidda 35 gektar maydonga urug’ qadab, 67 tonna g’alla olishni mo’ljal qilgandik.  Qurg’oqchilik odatdagidan og’ir kelib, hosilni urib ketdi. Xirmon atigi 11 tonna bo’ldi. Yaxshi hamki, “O’zagrosug’urta” kompaniyasi fermerlarni shunday holatlardan sug’urtalaydilar. Bizni holatimizda 39 million so’m sug’urta tovoni to’lab berildi. Sug‘urtachilardan minnatdorman va boshqa yangi fermerlarga sug‘urta xizmati haqida ko‘proq o‘rganishlarini tavsiya etaman, — deydi “Ellikqala Asadbek” fermer xo‘jaligi raisi G’ayrat Sharipov. 
    Ta’kidlash joizki, bugungi kunda  Qoraqalpog‘iston Respublikasida “O‘zagrosug‘urta” AJ ning  15 bo‘linma va 2 ta sug‘urta markazi faoliyat yuritmoqda. Filialda 23 nafar xodim va 100 dan ortiq sug‘urta agentlari aholiga xizmat qilmoqda. Sug‘urta tovonlarning kunma-kun ortib borayotganligi respublikada ushbu xizmatga qiziqish yuqorilidan darak beradi. Xususan, 2020 yil o‘tgan davrida filial tomonidan 300 dan ortiq sug‘urta hodisalari bo‘yicha 1,5 milliard so‘m to‘lab berildi. 
 
  • “O‘zagrosug‘urta” AJ
  •  Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
686

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
567

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1412

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
563

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
510