Sayt beta-versiyada.

    Ishonch sotib olinmaydi, u qozoniladi. Sug‘urta xizmatida ham xuddi shunday, ishonch juda nozik masala. Bunda zararning o‘z vaqtida qoplanishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, “O‘zagrosug‘urta” AJ joylarda sug‘urta tovonlarini to‘lash mexanizmini soddalashtirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bu o‘z navbatida sug‘urtachi va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro ishonch mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Shunga hammohang ravishda mazkur moliyaviy xizmat turi aholining kundalik turmush tarziga singib bormoqda. Buni sug‘urta qoplamalaring avvalgi yillarga nisbatan oshganligi misolida ko‘rish mumkin.
     “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax viloyati filliali tomonidan joriy yil 9 oy ichida qariyb 7 milliard so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi. To‘lovlarning katta qismi qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash bilan bog‘liq bo‘lsada, aholi va mol-mulk ixtiyoriy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta qoplamalari miqdori oshganligini kuzatish mumkin. Bu esa sug‘urta xizmatlari jizzaxliklar hayot tarziga yanada kengroq kirib borayotganidan darak beradi.   
   — Zarbdor tumani “Yangi hayot” qishlog‘ida yashayman. Bir oy oldin turmush o‘rtog‘im Saydazim Ortiqboyevning oyog‘iga og‘ir temir bo‘lagi tushib ketdi. Er-xotin uyni tartibga keltirmoqchi edik. Jarohat bilan bo‘lib, sug‘urta polisimiz borligi ham hayoldan chiqib ketibdi. Yo‘q, xabar qilishimiz bilan sug‘urta bo‘limi xodimlari baxtsiz hodisa uchun 1,5 million so‘m to‘lov qilishdi. Baraka topishsin! Shundan keyin, bir qancha hamqishloqlar polis rasmiylashtirishga qiziqib qolishdi, deydi Umida Ortiqboyeva.
    Hozirda  Jizzax viloyatida “O‘zagrosug‘urta” AJ ning  7 bo‘linma va 5 ta sug‘urta markazi faoliyat yuritmoqda. Filialda 60 nafar xodim va 30 dan ortiq sug‘urta agentlari aholiga xizmat qilishmoqda. Keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari va joylarda tashkil etilgan ochiq muloqotlar natijasida mazkur moliyaviy xizmat turi yanada ommalashishiga erishildi. 
    — Zominda turaman. Xabaringiz bor, bu yil ob-havo juda injiq keldi. Ko‘p joyni sel bosdi, suv olib ketdi. Kuchli shamol va jala quyishi tufayli o‘tinxonamizni tomi uchib, devori vayron bo‘ldi. Hayriyatki, sug‘urtamiz bor ekan. Kelib zararni to‘lab berishdi. Ayniqsa, karantin payti, daromadimiz qisqargan payt juda yoqib tushdi. Sug‘urtaga oshno bo’lganlar yutqazmaydi, deydi Mavjuda Aliyeva.
    Qayd etish lozimki, fialial tomonidan 2020 yilning o’tgan davri mobaynida Jizzax viloyati bo‘yicha 500 ga yaqin sug‘urta hodisasi yuzasidan to’lovlar amalga oshirilgan. 
“O‘zagrosug‘urta” AJ
 Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
686

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
567

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1412

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
563

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
510