Sayt beta-versiyada.

     Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda. Bugun har bir mamlakat taraqqiyoti jamiyat va davlat hayotida axborot-kommunikatsiya va «raqamli» texnologiyalar qanchalik joriy etilgani bilan baholanmoqda. Mamlakatimizda ham davr talabidan kelib chiqib, barcha sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
      Mazkur islohotlardan kelib chiqib, "O‘zagrosug‘urta" aksiyadorlik jamiyati «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasiga mos ravishda faoliyat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda.
      Kompaniyada xizmat ko‘rsatishning barcha turlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. 
    Jumladan, 2020–2022 yillarda “O‘zagrosug‘urta” AJ elektron to‘lov tizimidan foydalangan holda onlayn sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, kadrlarning axborot texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalari hamda malakasini oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, kompaniyaning raqamli infratuzilmasini kengaytirish borasida 156 ta tuman (shahar) bo‘linmalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash va ularni to‘liq kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. 
    Ta’kidlash joizki, "O‘zagrosug‘urta" AJ onlayn xizmat ko‘rsatishda mavjud qulayliklarni yanada takomillashtirish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, dasturiy mahsulotlarni joriy etishda majburiy sug‘urta turlari portfelini shakllantiruvchi “UzagrosOnline” yagona elektron axborot tizimi yaratildi. 
    Bugungi kunda ushbu axborot tizimida qishloq xo‘jaligi va boshqa sug‘urta turlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning onlayn elektron bazasi yuritilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarni zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘qitish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bunda xorijiy o‘quv muassasalari bilan hamkorlik qilish, xalqaro IT-sertifikatga ega xodimlar ulushini oshirish yaqin kelajakdagi ustuvor vazifalar etib belgilandi.
    Bir so‘z bilan aytganda, Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash "O‘zagrosug‘urta" AJ tomonidan jahon standartlariga mos ravishda zamonaviy moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishga xizmat qiladi. 

  • "O‘zagrosug‘urta" AJ 
  • Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
742

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
586

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
1542

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
582

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
538