Sayt beta-versiyada.

    Kompaniya aktsiyadorlarining bugungi umumiy yig‘ilishi karantin talablariga rioya etilgan holda onlayn videoselektor tarzida tashkil etildi. Unda “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyatining 2019 yildagi faoliyati sarhisob qilindi hamda 2020 yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

    Aytish joizki, “O‘zagrosug‘urta” AJ mamlakatimiz sug‘urta bozorida nufuzli o‘rniga ega bo‘lib, kompaniyada 100 dan ortiq sug‘urta xizmalari ko‘rsatiladi. Jamiyat hududiy tarmog‘ida respublika bo‘yicha jami 202 ta bo‘linma va sug‘urta markazi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda o‘z filiali mavjud.

    Yig‘ilishda “O‘zagrosug‘urta” AJning biznes reja ko‘rsatkichlari muxokama etildi. Bu borada kompaniya 2019 yildagi rejani 38 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarilganligi ta'kidlandi. Jamiyat tomonidan sug‘urta mukofotlari hajmini 214 milliard so‘mga etkazish vazifasi amalda 252 milliard so‘m miqdorida ta'minlanishiga erishildi. Bu 2019 yil davomida sug‘urta bozorida jami ta'minlangan sug‘urta mukofotlarining tahminan 15 foizini tashkil qiladi.

   

Sug‘urta tovonlarining to‘lanishi bo‘yicha kompaniya mamlakatda etakchi hisoblanadi. Hisobot davrida Jamiyat tomonidan jami 97,7 milliard so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi. Bu sug‘urta bozorida to‘langan tovonlarning 34,4 foizini tashkil etadi.

    Sug‘urta shartnomalari soni (qariyb 3 million dona) bo‘yicha 2019 yil yakunlari ko‘ra respublika sug‘urta bozorida Jamiyat ilg‘orlik qildi.

    Tuzilgan shartnomalarning 2,5 milliontasi aholi sug‘urtasiga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatimizda sug‘urta madaniyati tobora shakllanib borayotganidan dalolat beradi.

    Aktsiyadorlarning onlayn yig‘ilishi yakunida “O‘zagrosug‘urta” AJning o‘sish sur'atlarini saqlab qolish, sug‘urta faoliyatini yanada jadallik bilan rivojlantirishda 2020 yil uchun respublika Hukumatining iqtisodiy va ijtimoiy dasturining ustuvor vazifalari, pandemiyaning iqtisodiyotga ta'siridan kelib chiqib, eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni belgilash xususida so‘z bordi.

    Shuningdek, 2020 yilda hududiy bo‘linmalar ish faoliyati samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnika va texnologiyalarni ish jarayonida qo‘llashga alohida e'tibor qaratish lozimligi qayd etildi. Xususan, kompaniya faoliyatini tezkor boshqarishga doir “Uzagros_Online”, “Agroonline” dasturiy ta'minotlarini Jamiyat tizimida to‘liq joriy etish, ularni takomillashtirish, aholini sug‘urta xizmatlari bilan yanada kengroq qamrab olish, xalqaro hamkorlikni rivojlantrish vazifalari belgilab olindi.

  • “O‘zagrosug‘urta” AJ
  • Axborot xizmati

Акция продолжается!

 Предоставленная акция компаниями АО GM Uzbekistan и АО “Узагросугурт...
630

Hayriya — baraka keltirur

Kompaniyamizning hayriya tadbirlari davom etmoqda. Boshqaruv raisining Qashqadar...
523

Hashar – elga yarashar!

Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra...
653

Munosabat

Shu kunga qadar mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirishda pro...
520

Munosabat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi&nb...
460