Shirift o‘lchami:
Kattalashtirish va kichraytirish:
Ko‘rinish:
Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta pulini to‘liq olish maqsadida sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalangan mulkga bo‘lgan huquqlaridan sug‘urtalovchi foydasiga voz kechish huquqi.
Sug‘urtalangan kema va yuklar bo‘yicha zararning sababi, tavsifi va miqdorini aniqlash bilan shug‘ullanuvchi vakolatli jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug‘urtalovchi avariya komissarini mamlakat ichida hamda ushbu mamlakatning qonunchiligiga muvofiq chet elda tayinlaydi. Amalga oshirilgan ishlarning natijalariga muvofiq avariya komissari avariya sertifikatini tuzadi. Avariya komissari vazifasini adjaster bajaradi.
Avariya komissari tomonidan tuziluvchi, zararning miqdori va sabablari ko‘rsatilgan hamda yuz bergan voqea bilan bog‘liq tavsilotlarni O‘z ichiga olgan boshqa ma'lumotlar kiritilgan hujjat. Avariya sertifikati zarar etkazilganligini tasdiqlaydi va uning qoplab berishni ko‘zda tutmaydi. Avariya sertifikati asosida sug‘urtalovchi da'vo bo‘yicha sug‘urta qoplamasini to‘lab berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Havo kemasining avariyaga uchrashi, zararlanishi yoki nobud bo‘lishi qaltisligidan sug‘urtalash; avia yuklarni sug‘urtalash; uchish davrida yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i uchun yuzaga kelgan mas'uliyatni sug‘urtalash hamda ularning yuklarining yo‘qolishi yoki zararlanishi uchun yuzaga kelgan mas'uliyatni sug‘urtalash; aeroportlarning egalarining mas'uliyatini sug‘urtalash; avariya natijasida transport vositasidan foydalanib bo‘lmasligi oqibatida foydaning yo‘qotilishidan sug‘urtalash.
Xalqaro amaliyotda engil va yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, motosikllarni, katerlar, motor qayiqlar va boshqa transport vositalari ushbu sug‘urta turiga kiritiladi (Avtomobil sug‘urtasiga qarang).
Compulsory motor third party liability insurance
Transport vositalarini bir vaqtning O‘zida «Olib qochish»va «Zarar etkazish» qaltisliklaridan sug‘urtalash.
Avto- va mototransport vositalarini hamda haydovchi va yo‘lovchilarni sug‘urtalash. Tanlangan variantdan kelib chiqqan holda sug‘urta qoplamasining har xil turlarini nazarda tutadi. Ulardan keng tarqalgani - avtomobil salonida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilarni yo‘l-transport hodisasi (YTH) natijasida tan jarohatlari etkazilishidan sug‘urtalash; YTH natijasida tibbiy xarajatlarni sug‘urtalash (tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha davolanish uchun xarajatlar(; YTH natijasida vafot etishini sug‘urtalash; YTH va b. natijasida tranport vositasining zararlanishi yoki butunlay nobud bo‘lishini sug‘urtalash. A. S. sohasi avtomobil yoki motosikldan foydalanishda yuqori xavf manbaasi ekanligi bilan bog‘liq uchinchi shaxlarning hayoti, sog‘lig‘i va mulkiga etkazilgan zarar uchun avtotransport egasining fuqarolik mas'uliyatini sug‘urtalashni O‘z ichiga oladi (ko‘pchilik davlatlarda majburiy hisoblanadi).
Tomonlar o‘rtasida oldin kelishilgan shartlarga O‘zgartirishlar kiritilgan oldin tuzilgan sug‘urta shartnomasiga yoki qayta sug‘urtalash shartnomasiga yozma qo‘shimcha.
Qaltisliklarni tahlil etish jarayoni; O‘z ichiga quyidagilarni oluvchi qaltisliklarni sug‘urtalashga qabul qilish yoki qilmaslik: ularni baholash, sug‘urtalanadigan va sug‘urtalanmaydiganga klassifikasiyalash; qoplamaning muddatlari, shartlari va miqdorlarini aniqlash; mukofotning miqdorini hisoblash.
Jismoniy shaxs ma'lum vaqtdan boshlab, maslan nafaqaga chiqish vaqtidan boshlab doimiy kelib tushadigan summani olish huquqini beruvchi kompaniya bilan kelishuv yoki shartnoma. Umumiy hollarda annuitet doimiy to‘lanadigan va olinadigan summani anglatadi (shuningdek Renta va Shartli anuitetga qarang).
Sug‘urta hodisasi yuz berganda sayyohlarni sug‘urtalash shartnomasi doirasida taqdim etiladigan tibbiy, tex'nikaviy yoki moliyaviy tavsifga ega xizmatlar: jarohat, kasallik va h. U tibbiyot xodimlarining xizmatlarini, maxsus transportda stasionarga etkazishni, u erda bo‘lishni, jabrlanuvchini doimiy yashash joyiga etkazishni va b. O‘z ichiga oladi. Odatda bunday xizmatlar ixtisoslashgan assistans kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urta kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikda ishlovchi bir nechta assistans kompaniyalari mavjud.
Davoni ko‘rib chiquvchi va uning tartibga keltrishni tashkillashtiruvchi shaxs (Dispasher qarang)
Sug‘urta kompaniyasining tariflari, zahiralari va majburiyatlari bilan shug‘ullanuvchi matematik statistika va ehtimollar nazariyasi sohasida mutaxassis bo‘lgan shaxs.
Sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta rezervlari va tariflarini shakllantirishning matematik va statistik uslublarini o‘rganish.
Ma'lum ob'ektni yoki jismoniy shaxsni sug‘urtaga qabul etayotganda qaltislikni baholashni (anderrayting) amalga oshiruvchi sug‘urta sohasida yuqori malakali mutaxassis. Anderrayter taklif etilgan qaltisliklarni sug‘urtalashga (qayta sugurtalashga) qabul qilish, tarif stavkalarni va sug‘urta shartnomasining aniq shartlarini aniqlash, shuningdek sug‘urta shartnomasini ma'lum shartlarda tuzishga qabul qilishga (yoki qabul qilmaslikka) vakolati bor shaxs. Anderrayter kompaniyaning sug‘urta (qayta sug‘urta) portfelini shakllantrishga mas'ul va qaltislikning tegishli darajasini, mukofotlar stavkalarini va sug‘urta shartlarini belgilash uchun zarur bilimlarga ega bo‘lishi shart.
Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan (depozitlarni sug‘urtalashdan boshqa) sug‘urtaning nisbatan yangi turi. Farbiy Evropa davlatlarida va AQShda B.s. - bu tijorat banklarining sug‘urta sohasiga (asosan shaxsiy sug‘urta sohasiga) kirib kelishidir; faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalarini sotib olish va/yoki keng yoyilgan bank filiallari va bo‘linmalari Tarmog‘i orqali sug‘urta polislarini sotish tizimlarini tashkil etishda (agar bu qonunchilik bilan ruxsat etilgan bo‘lsa) namoyon bo‘ladi.
Mulk sug‘urtasining bir turi; ko‘p qaltisliklarni qoplab, lekin hammasini qoplamaydi. Bunday turdagi sug‘urta shartnomalarida sug‘urta himoyasi ko‘zda tutilmagan istisnolar qayd etiladi.
Sug‘urtalangan shaxsning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan tasodifiy, qisqa davrda yuz beruvchi odam organizmiga tashqaridan ta'sir etadigan va travmatik jarohatga, yoki sog‘liqning boshqacha yomonlashuviga va/yoki vafot etishiga olib keladigan hodisa. Baxtsiz hodisa bo‘lib barcha turdagi kasalliklar, shu jumladan kasbiy va yuqumli kasalliklar, shuningdek oziq-ovqatlardan yoki dori-darmonlardan zaharlanishdan sog‘liqning yomonlashuvi hisoblanmaydi.
Shaxsiy sug‘urta turi; baxtsiz hodisa natijasida tana qismlarini zararlanishida polis egasiga ma'lum summani olish huquqini beradi.
Sug‘urtalovchi tegishli qaltislikni sug‘urtalashga qabul etish uchun tayyor bo‘lgan mukofot (badal) stavkasi.
Baholash ob'ektlarining turli narxini belgilash bilan bog‘liq baholovchilar faoliyati.
O‘R amaldagi qonunchiligiga muvofiq baxolash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (xususiy tadbirkor). Sug‘urtada - zararning miqdorini aniqlovchi shaxs. Sug‘urta kompaniyasi ishlovchilaridan tayinlanuvchi da'volar bo‘yicha mutaxassisdan farqli ravishda baholovchi mustaqil ekspert hisoblanadi.
Bolaning yoki voyaga etmaganning (18 yoshga etmagan) hayoti sug‘urta ob'ekti bo‘lib hisoblanuvchi sug‘urta turi.
Hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘ravonlik ishlatish yoki u bilan qo‘rqitish yo‘li bilan birovning mulkini o‘g‘irlash maqsadida qilingan hujum.
Biron bir shaxs tomonidan boshqa shaxsning manfaatlarini sug‘urta qoplamasi bilan ta'minlash maqsadida tuzilgan sug‘urta shartnomasi.
Kelishilgan shartlarda sug‘urtalanuvchi barcha ma'lum turdagi qaltisliklarini sug‘urtalovchida sug‘urtalash majburiyatini olishi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi. Masalan, kelishilgan vaqt mobaynida sug‘urtalanuvchi tomonidan jo‘natiluvchi va qabul qilib olinuvchi yuklar bir sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanishi shart, u esa sug‘urtalanuvchining barcha ko‘rsatilgan qaltisliklari, jumladan sug‘urtalash uchun O‘z vaqtida taqdim etilmagan qaltisliklari bo‘yicha mas'uliyatni zimmasiga oladi. Odatda, bir yil muddatga tuziladi.
Shartnomani bekor qilish yoki to‘xtatish to‘g‘risida bir tomon ikkinchi tomonga yozma xabar berishi muddatlarining shartlarini belgilaydigan sug‘urtalash yoki qayta sug‘urtalash shartnomasining bandi.
Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta polisida sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta summasini oluvchi deb ko‘rsatilgan uchinchi shaxs.
Sug‘urta ta'minotining tashkiliy shakli. Haqiqiy zarar miqdorida, ammo tomonlar belgilab olgan sug‘urta summasidan ortiq bo‘lmagan sug‘urta qoplamasi, ya'ni sug‘urta summasi doirasida zararning butun hajmi qoplanadi.
Umumiy yoki tegishli ulushdagi sug‘urta summasida bo‘lgan alohida polislarni topshirish bilan bir xil qaltisliklarni sug‘urtalashda ma'lum ulushda ikki yoki undan ko‘p sug‘urtalovchilar ishtirok etadigan sug‘urta turi.
Birlashib sug‘urtalash shartnomasi ishtirokchisi.
Sug‘urta shartnomasi amal qilishi davrida har bir sug‘urta hodisasi bo‘yicha sugurtalovchining maksimal mumkin bo‘lgan ehtimoldagi mas'uliyati. Sug‘urta shartnomasida ko‘rsatiladi.
Xorijiy amaliyotdagi har qanday sug‘urta; har xil turdagi transportdan va sezilarli miqdordagi mayda qismlarga bo‘lib tushurib olinuvchi bir nechta turdagi tovarlarga oid qaltisliklarni qoplashni nazarda tutadi.
Sug‘urtalashda: hayotni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta zahiralarini investisiya qilishdan foyda olgan sugurtalovchi tomonidan sugurta polisi egasiga oddiy to‘lovlardan tashqari to‘lanadigan summa, ya'ni kompaniya foydasida ishtiroki bilan polislar egalariga tarqatiladigan yoki ular uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari.
Mulkni ochiqdan-ochiq o‘g‘irlash.
O‘R Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona brokeri sifatida vositachilik faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya olgan va Davlat bojxona brokerlari reestriga kiritilgan yuridik shaxs huquqiga ega O‘R qonunchiligiga muvofiq tijorat tashkiloti. Bojxona brokeri faoliyati tovarlarni va transport vositasini bojxona rasmiylashtirish va vakilligi amalga oshirilayotgan shaxs hisobidan va topshirig‘iga ko‘ra bojxona ishi sohasida boshqa vositachilik vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘z nomidan operatsiyalarni bajarishdan iborat.
O‘R Bojxona kodeksi va Bojxona yuk tashuvchisi to‘g‘risida Tartibga muvofiq bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi yuk tashuvchi.
Sug‘urtalashga qabul qilingan va qayta sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan qaltisliklarning hujjatli rasmiylashtirilgan ro‘yxati. Unda qaltisliklarning batafsil tavsifi keltiriladi.
Sug‘urta qildiruvchi yoki sug‘urtalovchi topshirig‘iga ko‘ra O‘z nomidan sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi, belgilangan tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik yoki jismoniy shaxs. O‘z mavqeiga ko‘ra S.b. sug‘urta qildiruvchining vakili hisoblanadi hamda unga moliyaviy barqaror va mas'uliyatining hajmi va to‘lovlar stavkalarining miqdori bo‘yicha optimal sug‘urta shartlarini ta'minlovchi kompaniyani (kompaniyalar guruhini) topib berishi lozim. Sug‘urta hodisasi yuz berganda S.b. sug‘urta qildiruvchiga qoplama olishda yordam berishi lozim. Shu bilan birgalikda u sug‘urtalovchidan komissiya haqini oladi va unga sug‘urta badallari (mukofotlari) to‘lanishiga mas'uldir. Ayrim davlatlarda sug‘urta shartnomalarining asosiy qismi S.b. orqali tuziladi, boshqalarida esa - faqatgina yirik, yangi va ko‘pchilikka unchalik ma'lum bo‘lmagan qaltisliklar sug‘urtalanadi. Brokerlik instituti asosan Buyuk Britaniya va AQSh da rivojlangan. Qayta sug‘urtalash brokerining vazifasi bo‘lib ma'lum ulushda O‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan kompaniyalar o‘rtasida qayta sug‘urtalashga topshirilayotgan qaltisliklarni taqsimlash hisoblanadi.
Ishni taqdim etgani uchun broker foydasiga bo‘lgan mukofot puli; sug‘urtalovchiga tegishli bo‘lgan mukofotdan to‘lanadi.
Sug‘urta rezervlarini to‘plash, ish olib borish xarajatlarini, agentlik mukofoti, sug‘urtalovchining hodisani oldini olish tadbirlari fondiga va foydasiga ajratmalar.
Fuqaroga davlat ijtimoiy jamg‘armalardan doimiy pul to‘lovlari.
Davlat tashkiloti sug‘urtalovchi bo‘lib ishtirok etadigan sug‘urta.
Sug‘urtada shaxsga, mulkka zarar etkazilishi yoki boshqa zararlarni qoplab berish talabi bo‘lib, sug‘urta hodisasi yuz berishi munosabati bilan sug‘urtalovchiga sug‘urtalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
To‘lash haqidagi qarorni bildirish va da'vo bo‘yicha pul to‘lash.
Kema, yuk va fraxt duch keladigan xavflar va tasodiflar bilan bog‘liq qaltisliklardan dengiz shartnomalari ishtirokchilarining mulkiy manfaatlariga sug‘urta himoyasini ta'minlaydigan barcha sug‘urta turlarining yig‘indisi.
Aksiyadorlar o‘rtasida ular egalik qilayotgan aksiyalar bahosi va soniga mutanosib ravishda taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi.
Sug‘urtalanuvchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi sug‘urtalashga qabul qilingan qaltislikning darajasi haqida xulosa qilish uchun sezilarli ahamiyatga ega sug‘urta ob'ektini tavsiflovchi har qanday fakt (qaltistik tavsifi) haqida sug‘urtalovchini (syurveyer) zudlik bilan xabardor etish bo‘yicha xorijiy amaliyotda umumiy qabul etilgan sug‘urta huquqi me'yori.
Ma'lum vaqt mobaynida sug‘urta hodisalari yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymagan sug‘urtalovchilar diskontdan foydalanishlari mumkin.
Umumiy avariya bo‘yicha zararlarni hisoblash va bahosidan kelib chiqib kema, fraxt va yuk o‘rtasida taqsimlash, shuningdek avariya bo‘lganda zararlarni hisoblash uchun asos bo‘luvchi kema halokatga uchraganida umumiy avariya bo‘lganligini belgilovchi maxsus hujjat.
Kema, yuk va fraxt o‘rtasida umumiy avariya xarajatlarini taqsimlash, ya'ni dispasha bo‘yicha hisob-kitobni amalga oshiruvchi xalqaro dengiz huquqi sohasida mutaxassis. Xorijda dispasher, odatda, kema egasi tomonidan tayinlanadi
Sug‘urtalovchiga qonunchilikda yoki sug‘urta shartnomasida belgilangan tartibda xabar qilingan, sug‘urta hodisasi yuz berishi natijasida sug‘urtalanuvchi (sug‘urtalangan)ning mulkiy manfaatlariga etkazilgan zararning pul ko‘rinishi. Egalik tituli
1) yer, ko‘chmas mulk, boshqa mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
2) biron bir mulkka egalik qilish uchun qonuniy (yuridik tasdig‘i mavjud) huquq. Ekologik qaltisliklarni sug‘urtalash
mulk sug‘urtasi turiga oid yoki atrof muhitni ifloslantirganlik bilan bog‘liq qaltisliklarni sug‘urtalash.
1) sug‘urta hodisasi oqibatida sug‘urtalangan mulkka etkazilgan va sug‘urtalovchi qoplab berishi lozim bo‘lgan zarar;
2) sug‘urta hodisasi yuz berganligi fakti: zarar etkazilganligi, ya'ni sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi;
3) tegishli sug‘urta jamiyati sug‘urta hodisasi bo‘yicha amalga oshiriladigan ish; bunday hodisa bo‘yicha hujjatlar to‘plami;
4) sug‘urta qaltisligini amalga oshishi natijasida sug‘urtalanuvchi yo‘qotishlarining pul ko‘rinishi; sug‘urta shartnomasida ko‘zda tutilgan yo‘l transport hodisasi, yong‘in, tabiiy hodisalar va boshqa sabablar natijasida mulkning (uning qismlarining) zararlanishi yoki nobud bo‘lishidan kelib chiqqan mulk sug‘urtalanuvchining mulkiy yo‘qotishlari (Ko‘rsatilgan zarar va Kassa zarariga qarang).
To‘langan yoki to‘lanishi zarur bo‘lgan sug‘urta qoplamasi miqdorining ishlab topilgan sug‘urta mukofotiga nisbati.
O‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki sidqi dildan bajarmaslik bilan bog‘liq zararni qoplash haqida shartnoma shartlari bo‘yicha O‘z majburiyatlarini yaxshi bajarmagan tomonga da'vo qilinishi mumkin bo‘lgan tijorat shartnomasi shartlari.
Mablag‘larni ko‘chmas mulkka qo‘yish (qurilish, tiklash ishlari va sh.o‘.).
Qonun bo‘yicha mulk yoki uchinchi shaxslar oldidagi mas'uliyatini sug‘urtalashga majbur bo‘ladigan majburiy sug‘urtadan farqli o‘laroq ixtiyoriy shartnoma asosida amalga oshiriladigan sug‘urta shakli.
Hayot faoliyatining cheklanishiga va ijtimoiy himoya zaruriyatiga olib keluvchi sog‘liqning buzilishining ijtimoiy oqibatlari.
Sug‘urtalangan qaltislik sababli ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi yoki uning faoliyatining qisqarishi natijasida moliyaviy zararni qoplovchi mulk sug‘urtasi turi.
Mas'uliyatni sug‘urtalash turi; sug‘urtalanuvchi ishlab chiqargan yoki sotgan mahsulotda nuqson bo‘lishi natijasida mijozlarga mulkiy zarar etkazilishi oqibatida vafot etgan, mayib bo‘lgan yoki jabrlanganlarga yuridik ravishda sug‘urtalanuvchi to‘lab berishi shart bo‘lgan har qanday to‘lovni qoplab beradi.
Mas'uliyatni sug‘urtalash turi; azaldan boshqa turdagi mas'uliyatni sug‘urtalash turlaridan ajratiladi. Ish beruvchining mas'uliyatini sug‘urtalash Polisi mehnat shartnomasidan kelib chiquvchi jabrlanuvchi O‘z majburiyatlarini bajarishi jarayonida yuz beradigan va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanishi bilan bilvosita bog‘liq kasallik va tan jarohatlari uchun qonunchilikdan kelib chiquvchi mas'uliyatini qoplab beradi.
Uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun biron bir shaxsdan boshqasiga beriladigan yozma vakolat.